'O‘zaeronavigatsiya' Markazi DUKning asosiy ishlab chiqarish vazifasi havo harakatini rejalashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirishni takomillashtirish yo‘li bilan parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarning bajarishdan iborat. Shuningdek, Markaz xizmatlarini taqdim etishning asosiy tamoyili bo‘lgan faoliyat yo‘nalishi aeronavigatsiya ma’lumotlarini taqdim etish, shu jumladan aeronavigatsiya ma’lumotlarini tanlash, tahlil qilish va tartibga solish, DANI ishlab chiqish va tayyorlash hamda NOTAM nashr etish hisoblanadi.
Vazifasi:
Korxona o‘z vakolatlari doirasida samoviy hudud foydalanuvchilarining aeronavigatsiya xizmatlaridagi ehtiyojini qondirish, havo trassalari, mahalliy havo liniyalari, fuqaro aviatsiyasi hududlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqaruvi topshirilgan hududlar ustida javobgarligi doirasida aviatsiya ishlarini bajarish hududlarida xavfsiz, tejamkor va muntazam havo harakatini ta‘minlaydi.
Faoliyat yo‘nalishlari:
Majburiyat chegaralari doirasida havo kemalariga aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
Aloqa xizmatlari;
Flayt-rejalarga ishlov berish xizmatlari;
Aeronavigatsiya axboroti hujjatlarini chop etish va foydalanuvchilarga taqdim etish xizmatlari;
O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida maxsus tekshiruv texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari.
Rivojlantirish strategiyasi:
Unumdorlikni oshirish, parvozlar xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasining aeronavigatsiya tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etish, O‘rta Osiyo mintaqasi aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar orasida yetakchi o‘rinlarga ega bo‘lishning asosiy vazifalarni bajarish maqsadida, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK butun dunyoda fuqaro aviatsiyasi rivojlanishining zamonaviy darajasini hisobga olgan holda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Ko'proq ma'lumot olish