Yuklanmoqda...

Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri

None Сменный график

Ish tavsifi

Joriy yilning 15-iyul kuni “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK direksiyasida ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Namangan, Farg‘ona va Qarshi hududiy bo‘linmalari Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri lavozimiga ishga qabul qilish maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

Malaka talablari

Nomzodlarga bo‘lgan talablar:

• 21 yoshdan kichik bo‘lmasligi;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

• o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi;

“Havodagi harakatni boshqarish” kunduzgi yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim diplomi bo‘lishi;

• ICAO shkalasi bo‘yicha 4-darajada ingliz tilini bilish sertifikati bo‘lishi.

 Izoh: Xorijiy oliy bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish jarayonidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, uning ijobiy javobi bilan taqdim etilishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunlash uchun nomzod veb-saytga (https://hr.uzaeronavigation.com/) kirib, anketani to‘ldirishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:

- Pasport;

- Bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi Diplom baholash varaqasi bilan;

 - Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri mutaxaassisligi uchun, ICAO shkalasi boʼyicha ingliz tili 4-chi darajadan past bo‘lmagan sertifikati;

Tanlov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

- nomzodlarni ro‘yxatga olish

- brifing o‘tkazish

- Nazariy bilimlarni tekshirish

- Dispetcherlik trenajorida (simulyator) amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish

- 2025-yil 14-iyulgacha veb-saytdagi shaklni to‘ldirmagan shaxslar 15-iyulda bo‘lib o‘tadigan saralash jarayonida ishtirok eta olmaydi.

Ishga ariza topshirish

Quyidagi shaklni to'ldiring, rezyumeingizni (pdf, rar, zip, doc shaklda) yuklashni unutmang.

Ish haqida umumiy

E'lon qilingan sana: 26-Iyun, 2025-yil 23:07

Tajribasi: None

Bandlik turi: Сменный график

Yosh chegarasi: None

Manzil: None

Tugash muddati: 15-Iyul, 2025-yil