Joriy yilning 23-oktabr kuni “O‘zaeronavigatsiya markazi” MChJ O'quv mashq majmuasida ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida HHB Namangan, Andijan, Farg‘ona, Buxoro va Nukus markazlariga Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri lavozimiga ishga qabul qilish maqsadida tanlov o‘tkaziladi.
Nomzodlarga bo‘lgan talablar:
Izoh: Xorijiy oliy bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish jarayonidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, uning ijobiy javobi bilan taqdim etilishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunlash uchun nomzod veb-saytga (https://hr.uzaeronavigation.com/) kirib, anketani to‘ldirishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:
- Pasport;
- Bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi Diplom baholash varaqasi bilan;
- ICAO shkalasi boʼyicha ingliz tilini bilishning 4-chi darajadan past bo‘lmagan sertifikati;
Tanlov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
- nomzodlarni ro‘yxatga olish;
- brifing o‘tkazish;
- nazariy bilimlarni tekshirish;
- Dispetcherlik trenajorida (simulyator) amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish;
2026-yil 22-oktabrgacha veb-saytdagi shaklni to‘ldirmagan shaxslar 23-oktabrda bo‘lib o‘tadigan saralash jarayonida ishtirok eta olmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish va saralash jarayoni bilan bog‘liq barcha savollar yuzasidan nomzodlar quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin: +998(78)140-27-08.
Quyidagi shaklni to'ldiring, rezyumeingizni (pdf, rar, zip, doc shaklda) yuklashni unutmang.