Joriy yilning 25-may kuni “O‘zaeronavigatsiya Markazi” MChJ direksiyasida ta’lim muassasalari bitiruvchilarini va Havodagi harakatni boshqarish yo'nalishda tahsil olayotgan TDTUning to'rtinchi kurs 4-darajali ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo'lgan talabalari orasida HHB Namangan, Andijan va Farg‘ona markazlariga Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri lavozimiga ishga qabul qilish maqsadida tanlov o‘tkaziladi.
Nomzodlarga bo‘lgan talablar:
• 21 yoshdan kichik bo‘lmasligi;
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi;
• “Havodagi harakatni boshqarish” kunduzgi yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim diplomi bo‘lishi;
• ICAO shkalasi bo‘yicha 4-darajada ingliz tilini bilish sertifikati bo‘lishi.
Izoh: Xorijiy oliy bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish jarayonidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, uning ijobiy javobi bilan taqdim etilishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunlash uchun nomzod veb-saytga (https://hr.uzaeronavigation.com/) kirib, anketani to‘ldirishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:
- Pasport;
- Bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi Diplom baholash varaqasi bilan;
(“Havodagi harakatni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha 4-kursda o‘qishni tasdiqlovchi TSTU ma’lumotnomasi).
- Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri mutaxaassisligi uchun, ICAO shkalasi boʼyicha ingliz tili 4-chi darajadan past bo‘lmagan sertifikati;
Tanlov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
- nomzodlarni ro‘yxatga olish
- brifing o‘tkazish
- Nazariy bilimlarni tekshirish
- Dispetcherlik trenajorida (simulyator) amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish
- 2026-yil 23-maygacha veb-saytdagi shaklni to‘ldirmagan shaxslar 25-mayda bo‘lib o‘tadigan saralash jarayonida ishtirok eta olmaydi.
Quyidagi shaklni to'ldiring, rezyumeingizni (pdf, rar, zip, doc shaklda) yuklashni unutmang.